Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi
Tehron ko‘p sonli raketalarni uchirish o‘rniga muhim harbiy va xavfsizlik nishonlariga nisbatan yuqori aniqlikdagi raketalardan foydalanishga qaror qilgan.

Foto: Jack Guez/AFP/Getty Images
Eronning raketa zaxiralari kamaymadi, lekin ulardan foydalanish bo‘yicha strategiya o‘zgardi, dedi CNN telekanaliga eronlik manba. Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil bundan «xursand bo‘lmasligi kerak».
Manbaga ko‘ra, Tehron ko‘p sonli raketalarni uchirish o‘rniga muhim harbiy va xavfsizlik nishonlariga nisbatan yuqori aniqlikdagi raketalardan foydalanishga qaror qilgan.
«Eron bunday raketani uchirganida Amerikaning THAAD va Patriot, Isroilning Arrow 3, Arrow 2, «Dovud palahmoni» va «Temir gumbaz» tizimlarini osonlik bilan yengib o‘tgani, oldindan belgilangan nishonga tekkani aniqlandi», dedi manba.
Isroilning 13 iyunda boshlagan harbiy amaliyotiga javoban Eronning ilk hujumlarida Tehron yuzdan ortiq raketa uchirdi, biroq hozir Isroil tomoni bir vaqtning o‘zida o‘ndan kamrog‘i otilganini xabar qilmoqda. Masalan, 21 iyunga o‘tar kechasi bir hujumda beshta raketa qo‘llangan, biroq Ynet yozganidek, ular ballistik edi.
Bir kun avval Isroil Milliy kiberboshqarmasi bosh direktori sobiq o‘rinbosari Rafael Franko so‘nggi kunlarda Eron Isroilga berilgan zarbalar oqibatlari haqida ma’lumot yig‘ish va ularning aniqligini oshirish uchun shaxsiy kuzatuv kameralariga ulanishni boshlaganini aytdi.
Isroil, o‘z navbatida, Erondagi raketalarni saqlash va uchirish joylariga samolyotlar bilan hujum qilmoqda. Yana bir nishon yadroviy inshootlar bo‘lyapti.
Mavzuga oid

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

08:07 / 10.07.2025