Jahon | 11:28
2658
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azoga bergan zarbasidan «Al-Jazira»ning 5 jurnalisti halok bo‘ldi

Isroil Mudofaa kuchlari ulardan biri «jurnalist niqobi ostida harakat qiluvchi terrorchi» ekanini ta’kidlamoqda.

Anas ash-Sharif Foto: Al-Jazira

Isroilning G‘azo shahriga bergan zarbasi oqibatida Qatarning «Al-Jazira» telekanali besh nafar xodimi halok bo‘ldi.

Telekanalning ta’kidlashicha, 10 avgust kuni kechqurun Isroil armiyasi xodimlar yashayotgan chodirni «maqsadli» nishonga olgan. U Ash-Shifo shifoxonasining asosiy darvozasi oldida joylashgan edi.

Halok bo‘lganlar orasida telekanalning 28 yoshli muxbiri Anas ash-Sharif ham bor.

Isroil Mudofaa kuchlari zarbani tasdiqladi. TSAHAL xabarida aytilishicha, Anas ash-Sharif «jurnalist niqobi ostida harakat qiluvchi terrorchi» bo‘lgan. Isroil harbiylarining ta’kidlashicha, u HAMAS guruhi bo‘limini boshqargan va Isroilga raketa hujumlari rejalarini ishlab chiqqan.

«Al-Jazira» ma’lumotlariga ko‘ra, zarba oqibatida jami yetti kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid