Jamiyat | 17:57
1450
1 daqiqa o‘qiladi

O‘rtachirchiqda hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi

Yigit bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan.

Foto: FVB

Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida hojatxonaga tushib ketgan bolani qutqargan yigit taqdirlandi.

FVB xabariga ko‘ra, 17 iyun kuni «Bunyodkor» mahallasi, Izzat ko‘chasidagi uylarning birida yashovchi ayol farzandi hojatxonaga tushib ketganini ko‘rib, baland ovozda yordamga chaqirgan. Buni eshitgan qo‘shni yigit darhol yordamga kelib, bolani bir necha soniya ichida qutqarib olib, hayotini saqlab qolgan. Uning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Toshkent viloyati FVB rahbariyati inson hayotini saqlab qolgan fuqaroga minnatdorlik bildirib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘asini topshirdi.

Mavzuga oid