Jahon | 08:41
13835
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi

PMEFda nutq so‘zlagan Putin ukrainlar va ruslar «bir xalq» ekanligini e’lon qildi va Sumi shahrini bosib olishga urinishni istisno etmadi.

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 iyun, juma kuni Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF)da so‘zlagan nutqida Rossiyaning Sumi shahrini bosib olishga urinishni istisno etmadi. Moderatorning Rossiya armiyasi Kreml «Rossiyaniki deb hisoblaydigan» Ukraina hududlaridan tashqarida oldinga siljiyotgani haqidagi gapiga izoh berar ekan, Putin shunday dedi: «Men rus va ukrain xalqlarini bir xalq deb bilishimni ko‘p marta aytganman, aslida bu ma’noda butun Ukraina bizniki».

Ukrainadagi urush haqida gapirishda davom etar ekan, Putin «qadimgi qoida» deb atagan iborani aytdi. «Bizda qadimiy qoida bor: rus askarining oyog‘i qayerga yetsa, o‘sha yer bizniki», dedi u. Shu bilan birga, Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Kreml «Ukraina taslim bo‘lishiga intilmayapti»: «Biz joylarda yuzaga kelgan voqelikni tan olishni talab qilamiz».

Putin, shuningdek, Rossiya armiyasining Ukrainaning Sumi shahrini bosib olishga urinishini ham istisno etmadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Sumi viloyatida 10-12 kilometrlik bufer zonasini yaratgan. «Sakkiz, o‘n, o‘n ikki kilometr. Keyin Sumi shahri. Viloyat markazi. Bizda bunday vazifa yo‘q — Sumini olish. Lekin prinsipial jihatdan men buni istisno qilmayman», — dedi Putin.

Mavzuga oid