Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Bunga Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro tufayli bozorda yuz berayotgan beqarorlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Getty Images
Yevropa Ittifoqi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro sabab bozorda yuz berayotgan beqarorlik tufayli Rossiya nefti narxini bir barrel uchun 60 dollardan 45 dollarga tushirish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Politico diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.
«Yaqin Sharqdagi xalqaro vaziyat va beqarorlik tufayli narxlar chegarasini pasaytirish g‘oyasi, ehtimol, amalga oshirilmaydi. Shu hafta G7 yig‘ilishida barcha davlatlar hozircha qaror qabul qilmaslikni ma’qul ko‘rishga kelishib oldi», dedi ismi sir qolishni istagan diplomatlardan biri.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen G7 sammitida Isroil Eronni o‘qqa tuta boshlaganidan so‘ng, neft narxining ko‘tarilishi tufayli mavjud narx chegarasi allaqachon o‘z vazifasini bajarayotganini aytdi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp xuddi shu sammitda Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar qo‘llashni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi va AQSh ishtirokisiz narx chegarasini pasaytirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
Mavzuga oid

01:59
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida

00:59
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi

00:15
Eron urushmoqda, Rossiya nega jim?

23:24 / 20.06.2025