Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
Prezident yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Aziz Mag‘rupov prezidentning tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Aziz Mag‘rupov
Aziz Mag‘rupov O‘zbekiston prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan prezidentning yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Aziz Mag‘rupov faoliyati davomida tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha masalatchi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Bekzod Mavlonov prezidentning yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bekzod Mavlonov o‘z faoliyati davomida huquq-tartibot organlarida xizmat qilgan. U O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
Mavzuga oid

21:02 / 25.07.2025
Tal’at Valiyev Xavfsizlik kengashidagi lavozimidan ozod etildi

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:34 / 14.07.2025