Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNICeF: G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan
YUNISEF ijrochi direktori o‘rinbosari Kitti van der Xeyden Yaponiyaning NHK telekanaliga bergan intervyusida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglar boshlanganidan beri G‘azo sektorida 50 mingga yaqin bola halok bo‘lgan yoki yaralanganini bildirdi.

Foto: Anadolu Agency
U G‘azoda odamlar, ayniqsa bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik holatlari kuchayib borayotganini va sog‘liqni saqlash tizimi tanazzul yoqasida ekanligini ta’kidlash barobarida, mart oyida Isroil to‘liq blokada o‘rnatganidan beri, BMT boshchiligidagi yordamchi kuchlar "bizga muhtoj bo‘lgan bolalarga etib borolmaganini" qo‘shimcha qildi.
YuNICeF vakili mojaroning barcha tomonlarini zo‘ravonlikni to‘xtatishga va BMT xodimlariga "bolalar nihoyat ozgina umid topishi uchun" G‘azoga yordam yetkazishni davom ettirishga ruxsat berishga chaqirdi. Kitti van der Xeyden, shuningdek, hozirgi global vaziyatni "bolalik uchun eng yomon vaqt" deb ta’rifladi. Uning aytishicha, dunyo bo‘ylab har olti boladan biri "mojaroda yashamoqda yoki undan qochmoqda", bu YuNICeF tarixidagi misli ko‘rilmagan raqamlar.
G‘azodagi mojaro qariyb 20 oydan beri davom etar ekan, BMT Isroilni qurolli to‘qnashuvlarda bolalarga nisbatan huquqbuzarliklarni sodir etgani uchun ketma-ket ikkinchi yil qora ro‘yxatga kiritdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroildagi mojarolar oqibatida 1200 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, 251 kishi garovga olingan, G‘azo va bosib olingan G‘arbiy sohilda esa qurbonlar soni 55 mingdan oshgan.
https://dunyo.info/uzk/Fakt/yunisef-50-tysyach-detey-v-sektore-gaza-pogibli-ili-poluchili-raneniya-s-nachala-konflikta-v-2023-godu
Mavzuga oid

07:27
Yevrokomissiya: HAMAS G‘azoda gumanitar yordamni tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q

14:11 / 08.07.2025
Netanyahu: Falastinliklarda G‘azoni tark etish imkoni bo‘lishi kerak

10:46 / 08.07.2025
Xoqon Fidan: Isroilning G‘azodagi genotsidi mintaqadagi o‘n yillik taraqqiyotni yo‘q qildi

07:09 / 08.07.2025