Balki eng zo‘r emasman, ammo Ukraina bilan urushdan chiqish uchun eng tajribaliman – Zelenskiy
Lavozimni boshqa nomzodga topshirishga har doim tayyorman, lekin bu og‘ir sinovdan qanday o‘tganimizni hisobga olib, xalqimga, o‘zim sevgan va hurmat qiladigan odamlarga xiyonat etishga tayyor emasman, dedi u.

Foto: Sky News
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zini eng zo‘r emas, balki hozir Ukrainani boshqara oladigan eng tajribali odam deb hisoblaydi. Bu haqda u Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
Sky News jurnalisti Zelenskiydan urush davom etayotgani va uning AQSh prezidenti bilan munosabatlari «yaxshi emasligini» hisobga olib, hokimiyatni boshqa rahbarga topshirish haqida o‘ylaganmi, deb so‘radi.
«Men bunga har doim tayyorman, lekin bu og‘ir sinovdan qanday o‘tganimizni hisobga olib, xalqimga, o‘zim sevgan va hurmat qiladigan odamlarga xiyonat etishga tayyor emasman. <…> Urush davom etmoqda va mening buyuk burchim bu urushdan o‘z vatanim bilan birga chiqishdir. Agar xalqim boshqa rahbar kerak deb hisoblasa, <...> men shunchaki e’tiroz bildirishga haqqim yo‘q. Men charchadim, bu haqiqat, chunki mamlakat jang qilmoqda. Bundan ham ko‘proq charchagan odamlar bor», dedi Zelenskiy.
Jurnalist undan Zelenskiy Ukraina bilan urushda qatnashish uchun eng yaxshi nomzodmi, deb so‘radi.
«Men eng tajribaliman, balki eng zo‘r emas. Har doim sizdan yaxshiroq odamlar bo‘ladi. <…> Murakkab vaziyatlarda men har kuni rahbarlar bilan 20 ta muzokara o‘tkazdim. Bularning barchasiga erishish kerak, biz nafaqat kelishuv, balki natija ham keltirishimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Vladimir Zelenskiyning prezident sifatidagi qonuniy vakolat muddati 2024 yil 20 may kuni nihoyasiga yetdi. Biroq, Ukraina qonunchiligi mamlakatda harbiy holat amal qilayotgan paytda saylov o‘tkazishni taqiqlaydi.
Zelenskiy mart oyida o‘zini prezidentlikdan chetlatish qiyinligini aytgan edi. «Meni almashtirish oson bo‘lmaydi, chunki shunchaki [yangi] [prezidentlik] saylovini o‘tkazishning o‘zi yetarli emas. Ularda ishtirok etishimga to‘sqinlik qilish kerak bo‘ladi. Va bu biroz qiyinroq bo‘ladi», dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid

15:03 / 24.06.2025
Ryutte: Kiyev NATO davlatlaridan harbiy yordamga ishonishi mumkin

13:06 / 24.06.2025
Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi

10:02 / 24.06.2025
Sumi viloyatida Rossiya hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

13:00 / 23.06.2025