Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi
Isroil Eron bilan mojaroda barcha harbiy maqsadlariga erishdi, deya hukumatga ma’lumot berdi bosh vazir Binyamin Netanyahu.

Foto: Reuters
Isroil rasmiylari Eron bilan harbiy mojaroda avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini tasdiqladi. Bu haqda 24 iyun, seshanba kuni ertalab Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi ma’lum qildi. Bayonotga ko‘ra, Netanyahu o‘z vazirlar mahkamasiga Isroil o‘zining barcha harbiy maqsadlariga erishganini ma’lum qilgan.
Bu bayonot Trampning Truth Social mikroblogidagi yangi postidan keyin berilgan. U Eron va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganini yozdi. «Otashkesim allaqachon amalda. Iltimos, uni buzmang», dedi u.
Bundan oldin, tunda Tramp harbiy amaliyotlarning to‘xtatilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tushuntirdi: Eron Isroilga hujumlarni taxminan ertalab soat 6:00 da to‘xtatishi kerak, Isroil esa 12 soatdan keyin shunga amal qiladi. 24 soatlik muddatdan so‘ng, Trampning so‘zlariga ko‘ra, urush «rasmiy ravishda tugaydi».
Ayni paytda kechasi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Trampning Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqidagi bayonotini rad etdi. Shu bilan birga, u X ijtimoiy tarmog‘ida Isroil 24 iyun kuni ertalab soat 4:00 ga qadar harbiy harakatlarini to‘xtatsa, Eron unga zarba berishni to‘xtatishini yozdi. Tehron harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qarorni keyinroq qabul qiladi, deya qo‘shimcha qildi Arag‘chi.
Mavzuga oid

08:45
Isroil 48 soat ichida G‘azoga 26 marotaba hujum qildi

07:48
Arab davlatlari isroillik vazirning G‘arbiy sohil anneksiyasi haqidagi chaqirig‘ini qoraladi

07:42
Isroilning G‘azoga zarbalari oqibatida kamida 60 falastinlik halok bo‘ldi

21:31 / 03.07.2025