Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining «Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Hujjat bilan tog‘li va cho‘l hududlarda tadbirkorlik sub’yektlarining ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom, shuningdek ular tashkil qilinadigan tuman va shaharlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Belgilangani bo‘yicha, bir martalik subsidiya miqdori:
tog‘li va cho‘l hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million so‘m ajratiladi;
tog‘li va cho‘l hududlarda 150 kv metrdan kam bo‘lmagan maydondagi taypark ekstremal turizm majmuasini yaratish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million so‘m ajratiladi.
Subsidiya olish uchun tadbirkor Turizm qo‘mitasiga yozma yoki elektron ariza taqdim etishi kerak. Kelib tushgan arizalar komissiya tomonidan qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni ichida kollegial tarzda ko‘rib chiqiladi.
Subsidiya Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladi va ziplayn hamda taypark ekstremal turizm majmualari foydalanishga topshirilgandan keyin beriladi.
Ma’lumot uchun: ziplayn — maxsus moslama yordamida po‘lat arqon bo‘ylab yerdan uzilgan holda pastga tushish ko‘ngilochar majmuai. Kanatli park yoki taypark — ikki metrdan ortiq balandlikda joylashgan attraksionlar majmuai bo‘lib, unda har kim o‘zini alpinistdek his qilishi mumkin.
Mavzuga oid

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

15:45 / 03.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025