O‘zbekiston | 18:54 / 23.07.2025
2259
2 daqiqa o‘qiladi

BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

Endi O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi BAAda ham haqiqiy sanaladi.

Foto: Kun.uz

Birlashgan Arab Amirliklarida 52 mamlakat, jumladan, O‘zbekistondan kelgan sayyohlar uchun haydovchilik qoidalari soddalashtirildi. Bu haqda mamlakat IIV saytida tayanib Gulf News xabar berdi.

Endi bunday davlatlar vakillari o‘z mamlakati haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda BAAda transport vositasini boshqarishi mumkin. Bunda asosiy shartlar: sayyoh mamlakatda mehmon sifatida (rezident vizasiz) bo‘lishi va o‘z mamlakatining amaldagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi.

Agar ushbu ro‘yxatdagi 52 ta davlatdan birortasining vakili Amirliklarga ko‘chib o‘tishga qaror qilsa, u holda imtihonlarni qayta topshirmasdan turib, mahalliy haydovchilik guvohnomasini olishi mumkin bo‘ladi. Almashtirish narxi - 600 dirham (≈160 AQSh dollari), shuningdek, arab tiliga tarjima va asl guvohnoma nusxasi talab qilinadi.

Ro‘yxatda O‘zbekistondan tashqari Belarus, Ukraina, Ozarboyjon va Qirg‘iziston ham bor, ammo masalan, Rossiya va Qozog‘iston yo‘q.

Mavzuga oid