Yaqin Sharqdagi vaziyat munosabati bilan eksportchilarga favqulodda yordam mexanizmi joriy qilindi
Yaqin Sharq mintaqasidagi hozirgi keskinlik Yaqin Sharq orqali tranzit va eksport operatsiyalarini amalga oshirayotgan mahalliy tadbirkorlar uchun jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Telegram-botida (@miit_tashqisavdo_bot) «Yaqin Sharq mamlakatlariga eksport bilan bog‘liq muammolar» deb nomlangan maxsus bo‘lim ochildi.
Ushbu bo‘lim orqali eksportchilar va tadbirkorlar logistika, bojxona rasmiylashtiruvi, tranzit, to‘lovlar va boshqa tashkiliy qiyinchiliklar bo‘yicha onlayn tarzda murojaat yuborishlari mumkin.
Bundan tashqari, respublika eksport shtabi huzurida tun-u kun ishlaydigan Call-markaz tashkil etilgan. Quyidagi raqam orqali bevosita murojaat qilish mumkin: +998 71 238 52 52.
Mavzuga oid

12:40 / 23.06.2025
Xitoy banki O‘zbekistonga IT'ni rivojlantirish uchun 500 mln dollar ajratadi

12:20 / 23.06.2025
Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi

18:37 / 21.06.2025
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi

14:47 / 21.06.2025