O‘zbekiston | 13:20 / 25.06.2025
853
1 daqiqa o‘qiladi

Besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani aytildi

2025 yilning o‘tgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanishlar ro‘yxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan. 

Foto: Getty images

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga ko‘ra, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining o‘nta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida botulizm kasalligi qayd etilgan. Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil etadi.

Uchta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etadi. Kimyoviy zaharlanish bitta holatda qayd etilgan.

2024 yilda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan jami 20 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1 512 tasida (7,49 foiz) tekshiruvlar olib borilgan.

Natijada ularning 664 tasida (3,29 foizi) sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.

Mavzuga oid