Jamiyat | 13:30 / 02.07.2025
1043
1 daqiqa o‘qiladi

Matbuotchilar ko‘chasidagi qurilish hududida yong‘in ro‘y berdi

Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: FVB

Joriy yilning 2 iyul kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan qurilish hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 12:55 da yetib borib, yong‘in soat 13:00 o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid