Jamiyat | 10:39 / 02.07.2025
3254
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda elektromobil yonib ketishi oqibatida bir kishi jarohat oldi

Yong‘in oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: FVB

2 iyul kuni soat 04:07 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, Do‘stlik-2 dahasi 13-uy orqasida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid