YeK Vengriyani Ukrainaning yevrointegratsiyasini cho‘zmaslikka chaqirdi
Vengriyada Ukrainaning YeIga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha referendum natijalari bajarishga majburiy emas, dedi Yevrokomissiya vakili. Uning ta’kidlashicha, Kiyev muzokaralarni boshlash mezonlarini bajargan.

Foto: European Union 2025
Vengriyada Ukrainaning Yevropa integratsiyasi jarayonini kechiktirish uchun obektiv sabablar yo‘q, deya ma’lum qildi Yevrokomissiya (YeK). Yevropa Ittifoqi ijroiya organi Budapeshtda Ukrainaning YeIga kirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini e’tiborga oldi, biroq ular majburiy emas, dedi 1 iyul, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda YeK vakili Giyom Merse.
U bunday maslahatlashuvlarni o‘tkazishni «har qanday davlatning milliy huquqi» deb atadi. «Endi Vengriya qanday harakat qilishini hal qilishi kerak», dedi Merse. U, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan taqdim etilgan referendum natijalari Yevropa komissiyasining pozitsiyasiga ta’sir qilmaganini, uning pozitsiyasi «juda aniq» ekanini ta’kidladi.
Kiyev birinchi tematik klaster – fundamental masalalar bo‘yicha muzokaralar uchun zarur mezonlarga erishdi, dedi Merse. U Ukraina demokratik islohotlarga qo‘yilgan barcha talablarni bajarganini ta’kidladi», xususan, ozchiliklar huquqlariga rioya qilish kafolatlarini taqdim etdi va shu bilan unga chegaradosh Yevropa Ittifoqi davlatlarining barcha shubhalarini olib tashladi.
Shu bilan birga, Ukraina bu islohotlarni «tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng qiyin sharoitlarda» amalga oshirmoqda, deya qo‘shimcha qildi YeK vakili. Shu bois, uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Budapeshtdan Ukrainaning Yevropa integratsiyasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan e’tirozlar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniqlashtirishni talab qiladi.
Mavzuga oid

23:03 / 02.07.2025
Yevropa AQShning Kiyevga zenit raketalari yetkazib berishni to‘xtatish qaroridan «hayratga tushdi»

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

11:29 / 02.07.2025
AQSh Ukrainaga va’da qilingan o‘q-dorilar bir qismini yetkazib berishni to‘xtatdi

23:10 / 01.07.2025