Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik Chimyon tog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent viloyati FVB yong‘in oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmaganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Kichik Chimyon tog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun 10 iyul kuni soat 19:32 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani «Burchimulla» o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Kichik Chimyon tog‘ida quruq o‘t va shox-shabbalar yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va olov o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmagan.
«Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Holat oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Bo‘stonliqdagi adirlikda yong‘in chiqqani, uni qurshab olishga salkam 2 soat vaqt ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:41
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi

10:03
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

13:31 / 10.07.2025