Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari va 2 ta yordamchi texnika jalb qilingan.
Bugun, 11 iyul kuni soat 03:17 da Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasidagi pista ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 03:22 da yetib borib, yong‘in soat 04:06 da o‘rab olingan va soat 04:14 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari va 2 ta yordamchi texnika jalb qilingan.
Hozirgi vaqtga ko‘ra tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.