O‘zbekiston | 07:47
1432
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 5 oyda qariyb 10 mingta elektromobil import qildi

So‘nggi 5 oy ichida O‘zbekistonga qiymati 325,3 million dollarlik yengil avtomobil import qilindi.

Foto: AP

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-may oylarida mamlakatga 18 387 ta yengil avtomobil olib kirilgan bo‘lib, ulardan 9 789 tasini elektromobillar tashkil etadi.

Ushbu davrda O‘zbekistonga avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yetakchi davlatlar quyidagilar bo‘ldi:

  • Xitoy – 15873 dona;
  • Koreya Respublikasi – 1882 dona;
  • Hindiston– 168 dona;
  • Yaponiya – 122 dona;
  • AQSh – 82 dona;
  • boshqa davlatlar – 260 dona.

Shuningdek, 2025 yilning o‘tgan besh oyi davomida O‘zbekistonda jami 153 814 dona turli rusumdagi yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid