Jamiyat | 13:02 / 12.07.2025
3174
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sotilgan mashinalarni fuqarolar nomiga o‘tkazmay, MChJni bankrotlikka olib kelganlar ushlandi

Yunusobod tumanida fuqarolarga xarid qilingan avtomashinalarini nomiga o‘tkazib bermasdan MChJni qasddan bankrotlikka olib kelgan shaxslar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, A.M.L. MChJ mas’ul shaxslari avtotransport vositalari sotuvi bilan shug‘ullanib kelib, 4 nafar fuqaroga Spark, Sobalt va Nexia-3 rusumli avtomashinalarni 2 yildan 3 yilgacha muddatli to‘lov asosida sotishga kelishib, fuqarolar tomonidan 2019-2023 yillar davomida to‘lovlar to‘liq to‘langandan keyin avtomashinalarni ularning nomiga o‘tkazib bermasdan, jami 34 882 AQSh dollari va 118,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Bundan tashqari, MChJ mas’ul shaxslari kreditorlarning oldida 6,1 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lsa-da, avtotransport vositalarining sotuvidan tushgan 471,9 mln so‘mni hisob-raqamiga kirim qilmasdan korxonani to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 181-1-moddasi (qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid