O‘zbekiston | 23:38 / 14.07.2025
2462
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri prokurori lavozimidan ozod etildi

Toshkent shahri prokurori Erkin Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Erkin Yo‘ldoshev

Toshkent shahri prokurori Erkin Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Kun.uz’ning prokuratura organlaridagi manbasi buni tasdiqladi.

Avvalroq Erkin Yo‘ldoshev davlat rahbarining farmoni bilan Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Erkin Yo‘ldoshev 2023 yil yanvardan beri poytaxt prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. U muqaddam Toshkent prokuraturasida ishlagan, 2017 yil aprelida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Erkin Yo‘ldoshev 2023 yil 14 yanvar kuni prezident farmoni bilan «III darajali davlat adliya maslahatchisi» maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) olgan edi.

Mavzuga oid