Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda kapotida baliqlar bilan kontent olgan haydovchi jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv to‘ldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Holat Ekologiya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birga o‘rganildi. O‘rganish natijasida ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida fuqaro I.N. tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.
"Unutmang! Tabiatdagi har qanday tirik jonzotlarga nisbatan nojo‘ya, o‘rinsiz, shafqatsiz munosabatda bo‘lish taqiqlangan va qonunchilikka muvofiq qat’iy javobgarlik belgilangan", deyiladi Ekologiya vazirligi xabarida.
Mavzuga oid

14:34
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

20:34 / 13.07.2025
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

21:33 / 12.07.2025