O‘zbekiston | 01:06
1300
1 daqiqa o‘qiladi

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi

Loyiha kiritish bosqichi 3 avgustgacha davom etadi. Ovoz berish bosqichi esa 22 iyuldan boshlanadi va ikkinchi mavsum g‘oliblari 1 sentabrda e’lon qilinadi.

Foto: Kun.uz

Bugun, 15 iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Jarayonlar quyidagi sanalarda:

  • Loyiha kiritish bosqichi — 15 iyul – 3 avgust;
  • Saralash bosqichi — 4–18 avgust;
  • Targ‘ibot bosqichi — 19–21 avgust;
  • Ovoz berish bosqichi — 22–31 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab 823 ta mahalla, jumladan, ularda joylashgan muassasalarga «Tashabbusli budjet»ning 15 iyuldan boshlanadigan 2-mavsumi, shuningdek, kelasi yil 1-mavsumida qatnashishga tanaffus berilishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid