Jamiyat | 07:59
2298
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil yonib ketdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: FVB

16 iyul kuni soat 00:08 da  Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:11 da yetib borib, yong‘in soat 00:16 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

Mavzuga oid