Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yana Kiyevni raketa va dronlar bilan o‘qqa tutdi – fotosuratlar
Ko‘p qavatli uylardan birida kvartira vayron bo‘lgan. Odamlar yashiringan metro ham zarba ostida qolgan.
RF qurolli kuchlari 21 iyulga o‘tar kechasi raketa va dronlar qo‘llagan holda Kiyev bo‘ylab navbatdagi yopirilma hujumni amalga oshirdi. Shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yetti kishi yaralangan. Tkachenkoning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolik infratuzilmasi obektlari hamda turar joy kvartallari zarba ostida qolgan. Eng ko‘p Darnitskiy rayoni jabrlangan, bu yerda bolalar bog‘chasi, supermarket, omborlar va boshqa noturar joy binolarida yong‘inlar chiqqan.
Shevchenkovo rayonida ko‘p kvartirali turar joy, shuningdek, «Lukyanovskaya» metro stansiyasi jabrlangan. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Ukrainaga tun davomida 426 ta uchuvchisiz uchar qurilma (zarbdor dronlardan tashqari imitatorlar ham), shuningdek turli tipdagi 24 ta raketadan foydalangan holda hujum uyushtirgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari «Shaheed» rusumli 200 ta dronni urib tushirgan va «raketalarning ko‘pchiligini mo‘ljaldan og‘dirgan», 203 ta imitator dron nishongacha yetib bormagan, deyiladi Ukraina qurolli kuchlari bayonotida. Quyidagi suratlarda Rossiyaning Kiyev bo‘ylab zarbasi oqibatlari keltiriladi.

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA



Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Kantorowicz Torres / SIPA / Scanpix / LETA



Kantorowicz Torres / SIPA / Scanpix / LETA


Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

21:31
Rossiya Kiyevga, Ukraina Moskvaga hujum qilishi fonida tomonlar muzokaralarga tayyorlanmoqda

20:23
Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Mikola Doroshenko diplomatik missiyasini yakunlamoqda

15:03
Ukraina «Gazprom»dan 6,9 mlrd dollar undirishga tayyorlanmoqda

12:29