Jahon | 14:05 / 24.07.2025
6852
4 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaning harbiy zavodlarini vayron qilishi mumkin - siyosatshunos

Ukraina bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Trampdan ATACMS va Taurus raketalarini so‘radi. Bu raketalar uzoq masofadagi nishonlarni yo‘q qilish quvvatiga ega. Agar bu qurollar yetkazilsa, urushning borishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Rossiya harbiy sanoatiga zarba berilishi mumkinmi?

“Geosiyosat”da siyosatshunoslar Ukrainaga ehtimoliy taqdim qilinishi mumkin bo‘lgan imkoniyat yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Trampdan ATACMS va Germaniyaning Taurus raketalarini so‘ragan. Xo‘sh, bu qanday o‘zgarishlar qilishi mumkin?

Shuhrat Rasul: Ukraina o‘rta va uzoq masofaga zarba beruvchi raketalarni qabul qilsa, Rossiyani yengib tashlaydi deb ayta olmaymiz. Hech qachon uzoq masofadan turib otilgan raketalar bilan biror bir davlatning armiyasini taslim qilish mumkin emas. Uning infratuzilmasini, harbiy salohiyatini, harbiy sanoat kompleksini vayron qilishi mumkin. Lekin u frontdagi vaziyatga keskin ta’sir qilmaydi.

Germaniyaning Taurus raketalari Rossiya uchun bir necha sababga ko‘ra xavfli va xavotirli hisoblanadi. Bu raketalar 500 km uzoqlikdagi harbiy bazalar, komanda markazlari, o‘ta muhim infratuzilmalar masalan: ko‘priklar, temiryo‘llar, bunkerlarni nishonga oladi. Ukraina bu raketalarni olgan taqdirda, ular eng avvalo Rossiyaning harbiy sanoat kompleksini mutlaqo vayron qilib tashlashi mumkin. Qurol zavodlari zararsizlantirilsa, Rossiyaning Ukrainaga hujum qilish imkoniyati pasayib boradi. Yoki Iskander raketasi ishlab chiqariladigan zavodlarga zarba beradigan bo‘lsa bu Moskvani qiyin ahvolga solishi mumkin. Chunki Iskander raketa tizimi asosan bitta markaz tomonidan ishlab chiqariladi. Lekin shunday holatda ham Putinning fikri o‘zgarmay urushni davom ettirishga intilsa kerak. Frontdan tashqari Rossiyaning boshqaruv elitasida bugungi kunda ochiqchasiga konfliktlar yuz beryapti. Vitse prezident Pyotr Tolstoy senat raisi Matviyenkoni korrupsiyada ayblab chiqdi. Endi eng qizig‘i, oliy Bosh qo‘mondon, Rossiyaning prezidenti mana shu bo‘layotgan voqealarga hech qanday munosabat bildirgani yo‘q. Go‘yoki u ham bir tomoshabinga aylanib qoldi. Bu menga SSSR vaqtining oxirgi yillarini eslatyapti.

Abduvali Soyibnazarov: Urush boshlanganidan buyon g‘arb mamlakatlari Ukrainaning Rossiya ichkarisiga hujum qilishiga izn bergani yo‘q. Faqatgina qisqa muddat Bayden hokimiyatdan ketishdan oldinroq ayrim raketalari bilan hujum qildi. Bu albatta Rossiyaning yuqori martabali rasmiylarini judayam tashvishga solib qo‘ygandi. Shundan so‘ng Moskvadagilar tomonidan “Ukrainaga qaysi davlat qurol yetkazib berishidan qat’i nazar, biz qaqshatqich zarbalar beramiz”, degan bayonotlar ham yangragan edi.

Lekin agar 500kKm va undan ortiq masofaga uchadigan raketalar berilgan taqdirda, bu Rossiyaning frontdagi harbiy ta’minotining uzilishiga olib kelishi mumkin. Lekin bugungi kunda ko‘ryapmizki, Germaniya mudofaa vazirining ham fikri biroz o‘zgarib qoldi. Oldin Taurus raketalarini biz yetkazib beramiz degan bo‘lsa, hozir ittifoqchilarimiz bilan maslahat qilyapmiz degan bayonotni berdi. Mening nazarimda Germaniya Ukrainaga Taurus raketalarini bermasligi ham mumkin.

Suhbatni to‘liq shaklda YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid