Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeXHT davlatlari ukrainlarning RFda qiynoqqa solingani yuzasidan tergov o‘tkazishni talab qildi
YeXHTga a’zo 40 dan ortiq davlat Rossiyaning ukrainalik harbiy asirlarga nisbatan shafqatsiz munosabati yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Foto: AP
Niderlandiya va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ga a’zo bo‘lgan yana 40 davlat Rossiyaning ukrainalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlar va shafqatsiz munosabatda bo‘lishini mustaqil tergov qilishga chaqirdi. Bu haqda 24 iyul, payshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Kaspar Veldkamp tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlarning aniq ro‘yxatini oshkor qilmasdan ma’lum qildi.
Veldkamp o‘zining navbatdagi xabarida tergov YeXHT Moskva mexanizmi deb ataladigan mexanizm doirasida olib borilishini eslatib o‘tdi. Bu mexanizm, agar YeXHTga a’zo bir mamlakat kamida to‘qqiztasi ko‘magida «ishtirokchi davlatda insoniy o‘lchovga oid qoidalarni amalga oshirish ayniqsa jiddiy xavf ostida» deb hisoblasa, tergovni boshlash imkonini beradi.
Bu mexanizm Rossiyaga qarshi ilk bor 2018 yilda Chechenistondagi inson huquqlari buzilishi munosabati bilan qo‘llangan. Shundan so‘ng YeXHTning 57 davlatidan 45 tasida Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi tergov boshlandi.
2024 yil mart oyida taqdim etilgan BMT Inson huquqlari kengashi komissiyasi a’zolari hisobotiga ko‘ra, Rossiya asirligida saqlanayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar bir necha oy davomida qiynoqlarga duchor bo‘lgan. Unda aytilishicha, Rossiyada harbiy asirlar muntazam ravishda shafqatsizlarcha kaltaklanadi va elektr toki bilan qiynoqqa solinadi. Hisobot mualliflari asirlarga nisbatan bunday «dahshatli» munosabat tizimli va keng tarqalganligini ta’kidlamoqda. Bir yil o‘tib, Ukrainadagi huquqbuzarliklar bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi hisobotida ukrainalik mahbuslarga nisbatan qiynoqlar, xususan, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgani ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid

07:30
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi

22:01 / 25.07.2025
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV

21:11 / 25.07.2025
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi

16:15 / 25.07.2025