Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga shu yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln xorijiy sayyoh keldi
Rossiyaning "Bolshaya Aziya" elektron nashri "2025 yilda O‘zbekistonga 300 mingdan ortiq rossiyalik sayyoh tashrif buyurdi" sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Rossiya OAV O‘zbekiston statistika agentligi ma’lumotiga tayanib, shu yilning yanvar-may oylarida mamlakatimizga 4,2 million xorijiy sayyoh kelganini xabar qilgan. Ularning soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 million kishiga yoki 48,2 foizga oshgan, deb ta’kidlangan.
O‘zbekistonga sayyohlar oqimi bo‘yicha Qirg‘iziston (1,2 million kishi), Tojikiston (993 ming) va Qozog‘iston (899 ming) yetakchilik qilmoqda. To‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan Rossiyadan esa ushbu davrda 344 ming kishi O‘zbekistonga sayohat qilish maqsadida bordi.
"Bolshaya Aziya"da e’lon qilingan material yakunida: "O‘zbekiston hukumati turizm sohasini faol rivojlantirishga harakat qilmoqda. Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida, 2024 yilda respublikaga 8,2 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi, ulardan 870 ming nafari Rossiya fuqarolaridir. 2023 yilda esa Rossiyadan sayyohlar oqimi 714 mingdan ortiq kishini tashkil etgan", – deb yozilgan.
Mavzuga oid

18:40
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

11:06
Urushlar taqqosi: 80 yil o‘tib nimalar o‘zgardi?

11:02
Matviyenko: Rossiyada «demografik maxsus kuchlar» tuzildi

22:01 / 25.07.2025