Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
BAA kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqargan oziq-ovqat mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsadida Sura trade elektron platformasini ishga tushirdi.
Mazkur loyiha Namangan viloyatida mevali bog‘ tashkil qilgan BAAning Sura Holding kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Ushbu platformaning afzalligi shundaki, u Markaziy Osiyo davlatlaridan BAAga import qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun xaridorlarni topishga yordam beradi, mahsulot uchun mahalliy eksportchilarga to‘lovlarni amalga oshiradi, zarur hollarda esa platforma ta’sischilariga tegishli bo‘lgan omborlarda tovarlarni saqlash majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Sura trade onlayn platformasi orqali sotiladigan mahsulotlarning sifati va xavfsizligiga aniq talablar belgilandi.
Mavzuga oid

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

20:31 / 16.07.2025
O‘zbekiston eng xavfsiz davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi

15:18 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

20:03 / 07.07.2025