Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Mamlakat 40 yildan beri bu rekordni hech kimga bermayapti.

Foto: news.myseldon.com
Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 87,13 yoshni, erkaklarniki esa 81,09 yoshni tashkil etganini ma’lum qildi. Shu tufayli Yaponiya 40-marta ayollar o‘rtasida umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi NHK telekanali.
Ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan deyarli o‘zgarmadi: ayollarning umr ko‘rish davomiyligi atigi 0,01 foizga oshdi, erkaklarda esa 2023 yil darajasida qoldi.
Ayollar o‘rtasidagi yetakchilikka qaramay, yapon erkaklari dunyoda umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha Shvetsiya, Shveytsariya va Norvegiyadan keyin atigi oltinchi o‘rinni egallaydi.
Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida mamlakatda yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim holatlari kamaygan. Shu bilan birga, Yaponiyada odamlar tabiiy sabablarga ko‘ra ko‘proq vafot etadi.
Mamlakatda kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligining o‘sishi COVID-19 virusidan vafot etganlar soni tufayli sekinlashdi, deb tushuntirdi vazirlik. 2023 yilda ko‘rsatkich tenglasha boshladi.
Avvalroq, Yaponiya bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan edi. Bu mamlakat uchun uzoq muddatli oqibatlarga, jumladan ishchilarning kamayishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
Mavzuga oid

09:20 / 25.07.2025
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

12:04 / 23.07.2025
Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba iste’foga chiqdi - OAV

18:49 / 19.07.2025
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi

00:31 / 10.07.2025