Jahon | 20:49 / 27.07.2025
4308
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi

Avvalroq Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari avgust oxirigacha o‘tkazilishi ehtimoldan yiroq ekanligini aytgandi. 

Foto: Telegram / V_Zelenskiy_official

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan suhbati davomida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan avgust oyida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy uchrashuvini muhokama qildi. U bu haqda o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti bilan uchrashuvning asosiy sharti sifatida muzokaralarda Yevropa mamlakatlari vakillari albatta qatnashishlari kerak. 

“Avgust oxirigacha oliy darajada uchrashuv o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifimizga javob kutyapmiz. Unda Yevropa vakillari albatta ishtirok etishlari lozim”, — deb yozdi u.

Avvalroq Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina prezidentlari avgust oxirigacha o‘tkazilishi ehtimoldan yiroq ekanligini aytgandi.

Mavzuga oid