Jahon | 07:41 / 31.07.2025
1403
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida to‘rt kundan beri mobil internet ishlamayapti

Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori o‘z vatandoshlaridan to‘rt kundan beri u yerda mobil internet yo‘qligini «to‘g‘ri tushunish»ni so‘radi. Mahalliy hukumat internet qachon yana ishga tushishini «bilmasligini» ma’lum qildi.

Foto: Jonas Leupe / Unsplash

Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov ushbu mintaqada «mobil internet faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar» mavjudligini tasdiqladi. «Bu Krasnoyarsk o‘lkasining ayrim hududlarida operativ vaziyat haqidagi ma’lumotlar asosida xavfsizlik choralarini kuchaytirish va tarmoq tahdidlarining oldini olish zarurati bilan bog‘liq», — deb yozdi Kotyukov o‘zining Telegram-kanalida. Uning so‘zlariga ko‘ra, «hozirda shunga o‘xshash voqealar Rossiyaning boshqa hududlarida ham bo‘lib o‘tmoqda».

«Ushbu vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishingizni so‘rayman. Aholi va infratuzilmani himoya qilish bugungi kundagi eng muhim masala», — deya qo‘shimcha qildi gubernator. O‘z navbatida, viloyat hukumati mahalliy «Prospekt Mira» nashri so‘roviga javoban mintaqada mobil internet qachon yana ishlashini «bilmasligini» ma’lum qildi.

Krasnoyarsk o‘lkasi aholisi mobil internet yo‘qligi haqida 26 iyul, shanba kuni kechqurun xabar berishni boshladi. Ertasi kuni "Megafone", Ms va "Bilayn" internetdagi muammolar «ularga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra» paydo bo‘lganini bildirdi.

Smartfonlarda internetning ishlamasligi oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga, jamoat transporti va do‘konlarda tezkor to‘lov tizimi (SPB) yordamida xaridlar uchun to‘lovni amalga oshira olmaslikka olib keldi. Nosozlik taksi narxlarining oshishiga ham sabab bo‘ldi: internetsiz tizimlar safar narxini to‘g‘ri hisoblay olmaydi va dastur kamroq mashinalarni ko‘rsatadi.

Mavzuga oid