O‘zbekiston | 10:00 / 01.08.2025
989
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

 “O‘zbekinvest”da korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 31 iyul kuni “O‘zbekinvest” EISK AJ binosida “Korrupsiya islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov” mavzusida axamiyatli seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari, shuningdek “O‘zbekinvest” rahbariyati, markaziy apparat, tarkibiy tuzilmalar, hududiy filiallar va shu’ba korxonalar rahbarlari hamda xodimlari faol ishtirok etdi.

Foto: O‘zbekinvest

 

Seminar ishtirokchilari so‘zga chiqib, mamlakatimizda mustaqillik yillaridan boshlab huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini isloh qilish va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohalarida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlashdi.

Ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026 yy.)da ham korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xususan, davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Seminarda, shuningdek, xalqaro tajriba va huquqiy asoslar, shu jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi korrupsiyaga qarshi konvensiyalar, xorijiy mamlakatlar amaliyoti, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy bazasi va tashkilotchilik-institutsional tizimi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir ishtirokchilari sug‘urta sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion xavflar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va ularning oldini olish mexanizmlari xususida ham atroflicha fikr almashishdi. Shu bilan birga, sug‘urta sohasida xalqaro miqyosda kuzatilgan ba’zi korrupsion huquqbuzarliklar, ularning tashkilotlarga keltirgan salbiy ta’siri misol tariqasida keltirildi.

Seminar doirasida “O‘zbekinvest” EISK AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, kompaniya tizimida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta’minlash departamenti hamda Odob-axloq komissiyasi tashkil etilgan. Mutasaddi xodimlar uchun muntazam ravishda maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, ular korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va xizmat etikasi qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.

Bu boradagi sa’y-harakatlarning natijasi o‘laroq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan e’lon qilingan 2024 yilgi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligi bo‘yicha reyting bahosida “O‘zbekinvest” EISK AJ 83 ball bilan yuqori o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joizki, 2023 yilda mazkur ko‘rsatkich 28 ballni tashkil etgan edi.

Seminar yakunida ishtirokchilar sohaga doir o‘z fikr va takliflarini bildirishdi hamda korrupsiyadan xoli, raqamlashtirilgan, shaffof va ishonchli sug‘urta tizimini yaratishda har bir xodimning faol ishtiroki muhim ekani urg‘ulab o‘tildi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid