O‘zbekiston | 18:22 / 01.08.2025
2344
2 daqiqa o‘qiladi

Patrul-post xizmatining shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

Hukumat qarori bilan «Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo‘linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko‘rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo‘ladigan joyni ko‘zdan kechiradi.

Talabgor tegishligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.

Mavzuga oid