Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi
Shuningdek, HAMAS Qo‘shma Shtatlarni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqish, anklavdan qamalni olib tashlashda rol o‘ynashga chaqirdi.

Foto: Global Look Press/Yousef Mohammed
HAMAS guruhi poytaxti Quddus bo‘lgan Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolsizlanishdan bosh tortishini ma’lum qildi.
«Qurolli qarshilik (...) milliy huquqlarimiz to‘liq tiklanmaguncha va birinchi navbatda, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil va to‘liq suveren Falastin davlatini yaratmaguncha to‘xtashi mumkin emas», deb HAMAS bayonotidan iqtibos keltirdi Al Arabiya.
Avvalroq, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff HAMAS qurolsizlanishga tayyorligi haqida gapirgan edi. HAMAS bayonoti bu so‘zlarni inkor qiladi.
Shuningdek, HAMAS ham Uitkoffning G‘azo sektoriga, aholiga insonparvarlik yordami tarqatish markaziga tashrifini tanqid qilib, safarni «jamoatchilik fikrini chalg‘itishga qaratilgan oldindan tayyorlangan teatr spektakli» deb atadi. HAMAS Qo‘shma Shtatlarni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqish, anklavdan qamalni olib tashlashda rol o‘ynashga chaqirdi.
Avvalroq Uitkoff G‘azo sektoridagi janglarni uzil-kesil to‘xtatish va vaziyatni to‘liq hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish hozir asosiy siyosiy vazifa bo‘lishi kerakligini aytgandi.
Shu bilan birga, Uitkoff HAMAS bilan garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralardagi muvaffaqiyat haqida xabar beradigan hech narsa yo‘qligini aytdi.
«HAMAS o‘zini so‘zida turmaydigandek tutmoqda. Muzokaralar hafsalani pir qildi va endi biz o‘ylayapmiz: biz hamma narsani qilishimiz yoki hech narsa qilmasligimiz kerak», dedi prezidentning maxsus vakili.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

16:30 / 02.08.2025
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22 / 02.08.2025