Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolar davlatga qariyb 63,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini sotdi
Quyosh panellari o‘rnatganlarga 63 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan.

Foto: O‘zA
2025 yilning yanvar-iyun oylarida 28 538 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 63 mlrd 498 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
- Xorazm viloyati — 19,1 mlrd so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9,7 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri - 4,9 mlrd so‘m.
Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasi «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
2023 yil 1 apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt·soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.