Jahon | 08:30
1547
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rossiyaga Abrams haqida ma’lumot bermoqchi bo‘lgan harbiy hibsga olindi

22 yoshli amerikalik harbiy xizmatchi M1A2 Abrams tankining ekspluatatsiyasi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni Rossiyaga uzatmoqchi bo‘ldi. Buning evaziga u Rossiya fuqaroligini olmoqchi edi, deb xabar beradi FTB.

Foto: Sgt Tristan Kennedy

AQShning Texas shtatida 22 yoshli amerikalik harbiy xizmatchi Teylor Adam Li M1A2 Abrams jangovar tankining ishi haqidagi maxfiy ma’lumotlarni Rossiyaga berishga uringanlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi tarqatgan bayonotda aytilgan.

Federal tergov byurosi (FTB) Teylor Li Amerika tankining zaif tomonlari haqidagi maxfiy harbiy ma’lumotlarni o‘zi rus razvedkachisi deb hisoblagan shaxsga berishga uringanini, buning evaziga u Rossiya fuqaroligini olishga umid qilganini aytdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida yuqori darajadagi maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lgan Li Rossiyaga tank haqidagi ma’lumotlarni yuborgan va o‘z xizmatlarini taklif qilgan. Murojaatda u Rossiyaga «hatto ixtiyoriy ravishda» yordam berishga tayyorligini yozgan.

Iyul oyida Teylor Li Rossiya hukumati vakili deb hisoblagan shaxs bilan uchrashgan va go‘yoki unga tank haqidagi maxfiy ma’lumotlar yozilgan flesh-kartani bergan. Shuningdek, M1A2 Abrams maxsus jihozlarini Rossiya hukumatiga topshirish masalasi ham muhokama qilingan. 31 iyul kuni Li qismlarni El-Pasodagi omborga yetkazib berdi va u Rossiya hukumati vakili deb hisoblagan shaxsga shunday deb yozgan: «Missiya bajarildi», deyiladi Adliya vazirligi saytida.

Mavzuga oid