Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Intel rahbarini Xitoy bilan yaqinlashib ketganlikda ayblab, iste’fo berishga chaqirdi
Prezident Donald Tramp AQShning chip ishlab chiqaruvchi Intel kompaniyasi rahbarini Xitoy bilan muammoli aloqalarda ayblab, “zudlik bilan iste’foga chiqishga” chaqirdi. Ijtimoiy tarmoqdagi postida Tramp Lip-Bu Tanning «juda ziddiyatli» ekanini aytadi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Janob Tan mart oyida raqobatchilardan ortda qolgan AQSh chiplari sanoatini yana rivojlantirib, gigantga aylantirish uchun tayinlangan edi. Bu maqsadda budjetdan milliardlab dollar olingan. 7 avgust kungi bayonotda Intel kompaniyasi Trampning «AQSh birinchi o‘rinda» siyosati ortidan katta sarmoya olganini tasdiqladi. Bayonotda kompaniya Tramp administratsiyasi bilan doim hamkorlikka tayyorligini ham qo‘shimcha qilgan.
Malayziyada tug‘ilgan, Singapurda o‘sgan AQSh fuqarosi Tan chip ishlab chiqarish sanoatida mashhur mutaxassislardan. U rahbarlikka kelarkan, Intel bu yil minglab ish o‘rinlarini qisqartirdi.
Avvalroq kompaniyani tanqid qilgan va chip sanoati uchun tariflarni oshirishga tayyorlanayotgan Trampning tanqidlaridan keyin Intel aksiyalari darrov 3 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi.
«Intel bosh direktori juda ziddiyatli va darhol iste’foga chiqishi kerak. Bu muammoning boshqa yechimi yo‘q», deb yozdi Tramp o‘z sahifalarida.
Amerikaliklarning Xitoy firmalariga sarmoya kiritishi aslida noqonuniy emas. Ammo Vashington Trampning birinchi muddatidan beri cheklovlarni kuchaytirgan, chunki u ilg‘or texnologiyalar haqida gap ketganda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi biznes aloqalarini cheklashga intilmoqda, chunki demokratlar ham, respublikachilar ham milliy xavfsizlikni ta’minlash ortidan shu yo‘ldan yurishga majbur.
Shu hafta boshida bergan bayonotida Intel o‘zining hali yangi bosh direktorini himoya qilishga urindi. Janob Tan va kompaniya «AQSh milliy xavfsizligi va mudofaa ekotizimidagi siyosatiga chuqur sodiq ekanini» aytdi.
Sanoat olami tahlilchilariga ko‘ra, Tramp janob Tanning Xitoy bilan aloqalaridan xavotirda va Intel’ga boshqa masalalar yuzasidan bosim o‘tkaziladi deb o‘ylayapti.
Prezident bu bilan Intel’ning AQShdagi sarmoyalari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarga va Oq uy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Tayvanning TCMC firmasi bilan hamkorlik haqidagi hisobotlarga ishora qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning biror prezidenti Trampchalik biznes rahbarlarini nishonga olmagan.
AQSh investitsiya firmalari va Xitoy bizneslari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganuvchi 2024 yilgi Kongress hisobotidan janob Tanning Pekin bilan aloqalari ham e’tiborga olingan edi.