Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jomboy tumanidagi «zapravka» yonib ketdi
Jomboy tumanidagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida Damas, Gentra va Kia Bongo avtomobillariga zarar yetdi. Jarohat olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda FVV.
Qayd etilishicha, 10 avgust kuni soat 22:00 da tumanning «Shayman» MFY hududida joylashgan «zapravka» hududidagi avtomobillarda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida Kia Bongo, Damas va Gentra avtomobillar zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

05:42
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi

12:27 / 08.08.2025
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

10:31 / 07.08.2025