Jamiyat | 05:42
9944
1 daqiqa o‘qiladi

Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Toshkent tumanidagi Uch qahramon bozorida yirik yong‘in ro‘y berib, salkam 2,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV jarohat olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Foto: Videodan kadr

11 avgust kuni yarim tunda Toshkent tumanida joylashgan Uch qahramon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga bozor yonayotgani haqida xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 7 daqiqada yetib borgan. Jarayonga jami 10 ta ekipaj jalb etilgan.

Yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga oid