Jamiyat | 00:15
3614
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishishdi

Ajrashish chog‘ida barcha narsa o‘rtada teng bo‘linishini istagan er-xotin uchun sud ikkita yechimni taklif qilgan.

Foto: South China Morning Post

Xitoyda ajrashayotgan er-xotin 29 bosh tovuqni teng bo‘lishish uchun bitta tovuqni birga yeyishdi, deb yozadi South China Morning Post.

Xabarda aytilishicha, ular Sichuan provinsiyasidagi qishloqlardan birida yashashgan va fermerlik bilan shug‘ullanib kelishgan. Ularning 29 bosh tovug‘i, 22 bosh g‘ozi va ikki bosh o‘rdagi bo‘lgan.

Ajrashish chog‘ida barcha narsa o‘rtada teng bo‘linishini istagan er-xotin uchun sud ikkita yechimni taklif qilgan. Birinchisi – tovuqlardan biri uchun kimdir pul to‘lab o‘ziga olib qolishi yoki uni so‘yib, birgalikda yeyish. Er-xotinlar ikkinchi yo‘lni ma’qul ko‘rishgan.

Mavzuga oid