Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
"Men O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov janobi oliylarining vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘uga tushdim. Men marhumning yaqinlariga, O‘zbekiston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardligimni bildiraman", degan uning Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga yo‘llagan ta'ziyanomasida.
Pranab Kumar Mukerji Islom Karimov Hindistonda katta hurmat-e'tiborga sazovor ekanini qayd etgan. Uning 2011 yilgi Hindistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlari strategik darajaga ko‘tarilganini ta'kidlagan.
"Uning boshqaruvi davrida O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohada ulkan rivojlanishlarga erishdi. Islom Karimovning siyosati mamlakat xalqining xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan", deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Mavzuga oid

20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

19:02 / 09.07.2025
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

16:48 / 09.07.2025