Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik ayol ustiga ikki kilogramm og‘irlikdagi laqqa baliq qulab tushdi

AQShda qariyb 15 metr balandlikdan ayol ustiga laqqa baliq qulab tushdi. Taxminlarga ko‘ra, baliq tasodifan yirtqich qush changalidan chiqib ketgan. Bu haqida Philly xabar beradi.
Fitnes-klubga ketayotgan mahal filadelfiyalik Liza Lobri (Lisa Lobree)ning ustiga tasodifan ikki kilogrammli laqqa baliq kelib tushdi. Guvohlar aytishicha, uncha uzoq bo‘lmagan yerda lochin yoki burgut uchib o‘tgan. Balki yirtqich qush o‘ljasini ushlab qola olmagan.
Lobrining so‘zlariga ko‘ra, bu juda ham og‘riqli bo‘lgan va u avvaliga nima bo‘lganini tushuna olmagan. Hodisa natijasida uning yuzi tirnalib, shishib qolgan. Ayol «juda ham yomon baliq hidi»dan qutilish uchun yarim soat yuvinishiga to‘g‘ri kelgan.
"Bu qandaydir ahmoqlik!", - deydi Liza Lobri
Qizning aytishicha, avvallari bunga o‘xshash hodisa hech ham sodir bo‘lmagan. Biroq u agarda baliq kichik bola ustiga qulab tushganida juda yomon asorat bo‘lishini qayd etgan.
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025