Turkiya Rossiya bilan gaz quvuri qurilishi bo‘yicha bitimni ratifikatsiyalashtirdi

Foto: TurkStream
Turkiya parlamenti Rossiya bilan "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi loyihasi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Hujjat ratifikatsiyasi uchun 210 deputat ovoz berdi, yetti nafari bu loyihaga qarshi chiqdi, olti deputat esa ovoz berishdan saqlandi.
Yaqin kunlarda mazkur qonun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolanishi kerak. Shundan keyin u Resmi gazete rasmiy nashrida chop etiladi va kuchga kiradi.
Bundan avval Turkiyaning energetika va tabiiy resurslar vaziri Barot Olbayroq "Turk oqimi" gaz quvuri ustidagi ishlar 2017 yilning boshida boshlanishini ma'lum qilgandi. Anqarada bu loyiha mamlakatning energetika siyosati uchun muhim deb hisoblanmoqda.
Moskva va Anqara 10 oktabrda Qora dengiz tubidan o‘tuvchi, ikki gaz quvuri qurilishini ko‘zda tutuvchi hukumatlararo bitimni imzolashgan.
Biri turk bozoriga gaz yetkazish maqsadida bo‘lsa, ikkinchisi - Yevropaga yonilg‘i tranziti uchun. Rejaga ko‘ra, loyiha 2019 yilning dekabrida tugallanadi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025