Olland Fransiya flotining flagmaniga tashrif buyurdi

Foto: Reuters
Fransiya davlat rahbari Fransua Olland mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining falagmani - «Sharl de Goll» aviatashuvchi kemasiga tashrif buyurdi, deb yozmoqda Le Figaro gazetasi. Bu uning prezidentlik davridagi uchinchi tashrifidir.
O‘tgan yilning kuz mavsumidan buyon kema O‘rta yer dengizi sharqida joylashgan bo‘lib, Suriya va Iroqdagi IShIDga qarshi o‘tkazilayotgan aksilterror harbiy amaliyotlarida qatnashmoqda. Olland harbiy kampaniya natijalarini yuqori baholab, dengizchilar yaqin orada uylariga qaytishini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, bu prezidentning aviatashuvchiga so‘nggi tashrifi bo‘lishi mumkin. Chunki, Olland ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surishdan bosh tortgan edi. Quyida e'tiboringizga kema bortidan olingan suratlarni havola qilamiz.





Mavzuga oid

11:24 / 02.06.2025
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

10:47 / 31.05.2025
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

20:56 / 30.05.2025