OAV: Turkiya tashqi ishlar vaziri Rossiyaga keldi

Foto: RIA
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Moskvaga kelgan. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi Turkiya elchixonasidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
«Vazir allaqachon Moskvaga keldi», — degan manba.
Turkiya tashqi ishlar mahkamasi rahbari 20 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tajak uch tomonlama muzokaralarda ishtirok etadi. Unda Chavusho‘g‘lidan tashqari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ham qatnashadi.
Bundan avval, Turkiya vaziri Anqarada Rossiya elchisiga suiqasd qilinishini qoralab, bayonot bergan edi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025