Britaniyalik tennischi Marrey to‘plarni uzatuvchi bola bilan o‘rin almashdi
Britaniyalik tennischi Endi Marrey shveysariyalik tennischi Rodjyer Federer bilan o‘tkazgan "Afrika uchun match" xayriya uchrashuvi davomida to‘plarni uzatib beruvchi bolaga o‘zaro o‘rin almashishni taklif qildi. Marrey kort ortida bolaning o‘rnini egalladi, bola esa Marrey o‘rniga kortga tushdi.
Ushbu vaziyat hisob Federer foydasiga 6:3, 6:6 (6:5) bo‘layotganda ikkinchi partiyaning tay-breykida yuz berdi. Bolakay maydonga tushib ikkita to‘p uzatishni muvaffaqiyatsiz amalga oshirgach, raketkani Marreyga qaytarib berdi. Marrey bolaga yana bir bor urinib ko‘rishni taklif qildi, biroq bola unga minnatdorchilik bildirib o‘z o‘rnini egalladi. Shundan keyin Marrey tay-breykni 6:8 hisobida yutqazdi va shu bilan birga uchrashuvni ham boy berdi.
Uchrashuvdan yig‘ilgan mablag‘ Rojyer Federerning Botsvana Malavi, Namibiya, Zambiya Zimbabve va JAR davlatlari bolalariga yordam ko‘rsatuvchi jamg‘armasiga yo‘llanadi.
29 aprelda "Afrika uchun match"ning navbatdagi 4-doirasida Federer bilan kortga AQShning sobiq birinchi tennischisi Jon Isner va milliarder Bill Geyts tushadi. Bu uchrashuvlar Sietlda bo‘lib o‘tadi.
2015 yilda Federerning bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi ko‘rgazmali uchrashuvida kortga bir bola yugurib chiqqan. Shunda Dimitrov bolaga o‘ynab ko‘rish uchun raketkasini bergan. Bolakay ham bo‘sh kelmay, Federer bilan tengma-teng o‘ynab, uni ajoyib tarzda dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
-
O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Toshkent aeroportida ushlandi
Jamiyat | 23:05 / 13.06.2025
Mavzuga oid

15:59 / 12.01.2019
Tennischi Endi Marrey faoliyatini yakunlamoqchi. Matbuot anjumanida u ko‘z yoshlarini tiya olmadi

14:32 / 11.12.2017
Federer Shveytsariyada yil sportchisi bo‘ldi

16:00 / 15.10.2017
Federer mavsumda to‘rtinchi marta Nadalni yengdi

11:50 / 24.09.2017