Navoz Sharif «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasi haqida

Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidan biri sanaladi, dedi Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif.
«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidir, uni bayroqdor loyiha deb ham atashmoqda, chunki uning maqsadi Sharqiy va G‘arbiy Osiyoni bog‘lashdan iborat», — degan Sharif.
Pokiston bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi loyihasi mintaqaning barcha davlatlari uchun ochiq, u geografik chegaralarga ega emas. Sharifning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadi — mintaqada tinch qo‘shnichilik va iqtisodiy ravnaq topishga yo‘naltirilgan.
«Mavjud mojarolarni muzokaralar va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish, kelgusi avlodlarga tinchlik va barqarorlikni meros qilib qolidirish fursati yetib keldi», — dedi Pokiston bosh vaziri.
Xitoy bu infrastrukturaviy loyiha uchun 46 milliard dollar sarflashni maqsad qilgan. Avtomobil va temir yo‘llarning keng tarmog‘i vositasida Pokistonning janubiy-sharqidagi Gvadar port shahrini Xitoyning Shinjong-Uyg‘ur muxtor tumani bilan birlashtirish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

20:26 / 02.06.2025
Xitoy armiyasining sobiq rahbarlaridan biri Syuy Tsilyan vafot etdi

11:24 / 02.06.2025
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

08:37 / 02.06.2025
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

19:29 / 01.06.2025