Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Trampga javob qaytardi

Foto: Anadolu
Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida AQSh prezidenti Donald Trampning Tehronga nisbatan yaqinda bildirgan tanqidiy fikrlariga javob qaytardi.
«Eronda bo‘lib o‘tgan navbatdagi demokratik saylovlardan so‘ng Tramp Tehronga bosim ko‘rsatishga harakat qildi. Bu nima? Tashqi siyosat talabimi yoki Saudiya Arabistonidan olingan 480 milliard dollarning ta'sirimi?», - deya yozgan Zarif.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ar-Riyodda chiqish qilib, Suriya rejimi rahbari Bashar Asad «dahshatli va xayolga sig‘dirish mushkul bo‘lgan jinoyatlar»ni qilayotgani, Eron esa terrorizmni global darajada qo‘llab-quvvatlab, mintaqada alg‘ov-dalg‘ovlik kelib chiqishiga turtki berayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

15:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025