Estoniya ikki nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yubormoqda

Foto: wikipedia.org
Estoniya Rossiyaning Narvadagi bosh konsuli Dmitriy Kazennov va Andrey Surgayevni o‘z hududidan chiqarib yubormoqda.
"Estoniya tashqi ishlar vazirligi Kazennov va Surgayev Estoniyadan chiqarilib yuborilishlarini tasdiqlashi mumkin", deb ma'lum qildi Estoniya tashqi ishlar vazirligi vakili Sandra Kamilova.
Estoniya tashqi ishlar vazirligida diplomatlarning chiqarilib yuborilishlari sabablari ma'lum qilinmagan hamda bu haqda Rossiya tomoni ogohlantirilgani-yo‘qligi haqidagi savol javobsiz qoldirilgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida Tallinning bu xatti-harakati javobsiz qolmasligi aytildi.
"Bu navbatdagi nodo‘stona va hech nimaga asoslanmagan xatti-harakatdir va u javobsiz qolmaydi", deb ma'lum qilindi Rossiya tashqi ishlar vazirligida.
Mavzuga oid

23:16 / 05.06.2025
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi

13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi

15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

21:39 / 28.04.2025